clarion.uz

Startaplar uchun Clarion

Serveringizda ishlaydigan o'zbek nutqini tanib olish modeliga bepul litsenziya: 12 oy yoki birinchi to'lovchi mijozgacha.

Qabul ochiq
ariza topshirildi
1
dasturga qabul qilindi
1

Nimalarga ega bo'lasiz

API uchun kredit emas, modelning o'zi: o'zingizda o'rnatasiz va faqat serveringiz uchun to'laysiz.

uzasr-large modeli
Bulutdagi o'sha model: jonli nutqda WER 8,1%, tinish belgilari va so'z vaqt belgilari.
Bepul litsenziya
12 oy davomida daqiqalar uchun to'lovsiz va abonent to'lovisiz.
O'rnatishda yordam
Modelni jamoangiz bilan birga serveringizda ishga tushiramiz.
Jamoa bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa
Model dasturchilariga bevosita yozasiz, sizning xatolaringizni birinchi navbatda ko'rib chiqamiz.
Yangi versiyalar
Model yangilanishlari chiqishi bilan.

Kimlarni izlayapmiz

Dastur o'zbek nutqi asosida mahsulot qurayotgan jamoalar uchun.

Erta bosqich
G'oyadan birinchi to'lovchi mijozlargacha.
O'zbek nutqi bilan ishlaydigan mahsulot
Qo'ng'iroqlar, ovozli botlar, media, ta'lim va boshqa vazifalar.
Tajriba bilan bo'lishishga tayyor
Model qayerda xato qilishi va nimasi yetishmasligini aytib berasiz. Litsenziya uchun to'lov aynan shu.
Ochiq hamkorlik
Xohishingizga ko'ra sizni saytda Clarion hamkori sifatida ko'rsatamiz.

Shartlar

Muddat va dasturdan keyin nima bo'lishi haqida qisqacha.

12 oy bepul
Yoki birinchi to'lovchi mijoz yoki investitsiyagacha, agar bu ertaroq sodir bo'lsa.
60 kun oldin ogohlantiramiz
Muddat tugashidan oldin tarif bilan xat yuboramiz, kutilmagan hisoblarsiz.
Bitiruvchi chegirmasi
Dasturdan keyin pullik tarifning birinchi yiliga 50%.
Model sizda qoladi
Uni boshqalarga berish va API sifatida sotish mumkin emas.
Dasturning to'liq shartlari

Ishga tushirish uchun nima kerak

O'z GPU'ingiz bo'lmasa, bulutda ijaraga olingani ham mos keladi. Nimani tanlashni aytib beramiz.

GPU
NVIDIA GeForce RTX 2060 va undan yangi (RTX 3060, 4060, 5060) yoki server uchun T4, L4
Videoxotira
uzasr-large uchun 4,6 GB, uzasr-base uchun 2,7 GB
CPU va RAM
Har bir worker uchun 2 yadro va 8 GB
Drayver
CUDA 12.8+ bilan NVIDIA va NVIDIA Container Toolkit
Dasturiy ta'minot
Docker 29+, Docker Compose 2.24+

Ariza qanday topshiriladi

  1. 1
    KiringGoogle yoki email orqali, bir daqiqa vaqt oladi.
  2. 2
    Mahsulot haqida aytib beringNima qilyapsiz va nutqni tanib olishdan qanday foydalanasiz.
  3. 3
    Javob olingTasdiq va javob siz ko'rsatgan emailga keladi.

Ariza

Sayt va Telegram'dan tashqari barcha maydonlar majburiy.